Toshkent hokimiyati shahar ko‘chalaridagi ajratuvchi to‘siqlarni demontaj qilish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Bu haqda obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Aglayev bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
Uning so‘zlariga qaraganda, qaror Prezidentning virtual qabulxonasiga qaror bilan bog‘liq kelib tushgan ko‘plab takliflar inobatga olingan holda qabul qilingan.
“Mashina tez ketayotganda to‘siqlar uzluksiz devorday ko‘rinadi. Ular haydovchilarga piyodalar o‘tish joylari va chorrahalarda xalaqit beradi. Aholi — piyodalar va haydovchilarning tilaklarini inobatga olgan holda biz bu ishlarni boshladik”, — dedi Saidumar Aglayev.
U to‘siqlarning aniq uzunligi hamda ularni o‘rnatishga ketgan mablag‘ haqida aniq ma’lumot bera olmadi, ammo demontaj boshqarmaning o‘z mablag‘i hisobiga amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Demontaj qachongacha davom etishi hali aniq emas. Ayni paytda yo‘l ajratuvchilar Mustaqillik shohko‘chasi hamda Navoiy ko‘chasidan olib tashlandi.
Olib tashlangan to‘siqlar tuman hokimiyatlariga topshiriladi, ulardan esa tegishli tashkilotlarga yetkaziladi. Ularni kanallar bo‘yida ajratuvchi sifatida foydalanish mumkinligi aytilmoqda.