Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 84 yoshli ayol tormoz va gaz pedallarini adashtirib yuborib, mashinani olomon ustiga haydadi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.
Uch kishi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Politsiya voqea terakt emasligini tasdiqladi. Ayolga nisbatan qanday chora ko‘rilgani ma’lum qilinmadi.