Saudiya qirolligi sudining ma’lum qilishicha, shahzoda Salmon ibn Saad ibn Abdulla ibn Turkiy al-Saud vafot etdi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”
Qirollik rasmiylari 26 yoshli shahzodaning o‘limi sababi yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yosh shahzoda yurak xuruji sababli vafot etgan.
Janoza namozi 8-avgust kuni Ar-Riyoddagi Imom Turkiy ibn Abdulla masjidida o‘qiladi.