5-avgust kuni Qrim chegara xizmati Karkinit ko‘rfazida 18 yoshli ukrainalik yigit o‘tirgan puflama batutni ushlab qoldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Chegarachilarning aniqlashicha, 2-avgust kuni Xerson viloyatida istiqomat qiluvchi Mixail ismli yigit bolalarning puflama batutida tunash maqsadida uni shishirgan va Lazurnoye ko‘li bo‘yida dam olishga qaror qilgan. Ertalab Mixail ochiq dengizda ekanligini ko‘rgan.
U yerda yigit qariyb uch sutka bo‘lgan. Havo issiqligidan tashqari, yigit suv va ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekkan.
Yigit Qrim g‘arbidagi Chernomorskoye qishlog‘idagi shifoxonaga yotqizildi. Unga issiqlik urishi tashxisi qo‘yildi.