AQSh Filippinda IShID terrorchilik guruhi jangarilari joylashgan nuqtalarga aviazarbalar bermoqchi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda NBC telekanali Pentagon vakillariga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, operatsiya rejasi 8-avgustdayoq e’lon qilinishi mumkin. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida beriladi.
AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili Jeff Devis eslatishicha, Vashington Filippin hukumatiga 15 yildan buyon ko‘mak berib kelmoqda.
Iyun oyida AQSh Filippingan mamlakat janubidagi jangarilarga qarshi kurashish uchun yuzlab qurol-yarog‘ yetkazib bergan edi.