Saudiyalik o‘t o‘chiruvchilar Makkaga kelgan ziyoratchi lar joylashgan mehmonxonada yuz bergan yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Fuqaro muhofazasi boshqarmasi tomonidan xabar berilishicha, yong‘in al-Aziziya dahasidagi 391 nafar ziyoratchi joylashgan mehmonxonada yuz bergan. Hech kim jabrlanmagan. Yong‘in yuz bergan yetti qavatli mehmonxonaga Hindistondan kelgan ziyoratchilar joylashgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni O‘zbekistonning 459 nafar ziyoratchidan iborat dastlabki guruhlari ikkita reysda Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. O‘zbekistonlik ziyoratchilar al-Aziziya dahasida joylashgan 23 qavatli “Abroj al-Hidoya” nomli mehmonxonaga joylashadi.