KXDR harbiylari 2014-yildan buyon birinchi marta patrul kateriga kemalarni nishonga olish uchun mo‘ljallangan ikkita qanotli raketa o‘rnatdi, deb yozadi “TASS” Amerikaning Fox News telekanaliga tayanib.
Ushbu axborot Amerika razvedkasi tomonidan qo‘lga kiritilgan. Bu kater mamlakat sharqiy qirg‘oqlarida turibdi. Raketalar unga bir necha kun avval o‘rnatilgan.
Kanal manbalaridan birining fikricha, Pxenyanning ushbu xatti-harakatlari u yaqin kunlarda navbatdagi raketa sinovlarini o‘kazmoqchi ekanligidan yoki Amerikaning yangi kemalari ushbu hududga yuborilishi ehtimolini nazarda tutib, mudofaani kuchaytirayotganidan darak berishi mumkin.
“Shimoliy Koreya raketa sinovlarini to‘xtatmoqchi ekanligi haqida signal bermayapti”, — dedi mansabdor.