Manilada Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari uchrashuvi doirasida nutq so‘zlar ekan, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yun Xo jurnalistlarga uning mamlakati hech qanday vaziyatda o‘z yadro dasturi haqida muzokaralar olib bormasligini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Shimoliy koreyalik vazir so‘zlariga ko‘ra, tinchlikka Shimoliy Koreya raketalari emas, AQSh rahna solmoqda.
Li Yun Xo ta’kidlashicha, AQSh tomonidan hujum uyushtirilgan taqdirda, KXDR “Vashingtonga yadro quroli ishtirokida shafqatsiz saboq berib qo‘yishga tayyor turadi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa mamlakatlar AQShga kelib qo‘shilmagunicha, xavotir olmasa ham bo‘ladi.
Pxenyandagilar, shuningdek, “AQShning aqlsizlarcha xatti-harakatlari bu mamlakatning yo‘q bo‘lib ketishini tezlashtirishi”ni ta’kidladi.