Italiyaning Sitsiliya orolida 15 nafar ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi ko‘proq pul ishlash uchun ataylab o‘rmonlarga o‘t qo‘ygani aniqlandi. Har chaqiruv uchun ular soatiga 10 yevrodan haq olar edi, deb xabar beradi TJournal.
O‘t o‘chiruvchilarning 14 nafari jarimaga tortildi, bir nafari qamaldi.
Yong‘inlar Raguza shahrida uyushtirilgan edi. Mahalliy rasmiylar jamoa ortiq darajada ko‘p chaqiruv olayotganini payqab, tekshiruv boshladi. Jamoa 120 marta voqea joyiga chaqirilgani, shu vaqt ichida qolgan jamoalar 40 martadan chaqirilgani gumonlarni yanada kuchaytirdi.
Yong‘inlar 2013–2015-yillarda uyushtirilgan edi.