Chechenistonning Shelkovskiy tumanidagi Chervlennaya qishlog‘i tashqarisida Ra 0508A yengil motorli samolyoti uchib ketmoqchi bo‘lganida, yo‘l chetida to‘xtab turgan “IJ-2717-230” avtomobiliga to‘qnashib ketdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi “Ishcherskaya—Kizlyar” trassasida yuz bergan. Voqea natijasida uchuvchi jabrlangan, u kasalxonaga yetkazilgan.
Samolyot va avtomobilga texnik shikastlanishlar yetgan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.