Germaniyaning sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi 2017-yil hisobidan Rossiyadagi 160 ga yaqin do‘konini yopadi. Bu haqda Adidas ijrochi direktori Kasper Rorshted va moliyaviy direktori Xarm Olmayer 2017-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha investorlar bilan o‘tkazgan telekonferensiya chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Rossiya bozori neft narxlariga bog‘liqlikning to‘rt yilidan so‘ng qisqarishda davom etishini kutmoqdamiz”, — dedi Rorshted.
Uning so‘zlariga qaraganda, rahbariyat Rossiya bozoriga nisbatan choralar ko‘rib bormoqda.
“Biz 100 dan ortiq do‘konni yopdik va yil oxirigacha yana 50 tasini yopamiz”, — dedi u.
Olmayerga ko‘ra, bir yil hisobidan 160 tagacha do‘konni yopishga to‘g‘ri keladi, negaki Rossiya Adidas ishlayotgan mintaqalar ichida tushumi kamayotgan yagona hudud bo‘lib turibdi.