7-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining joriy masalalari, jumladan, turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.