Venesueladagi harbiy bazaga terrorchilik hujumi uyushtirildi. Bu haqda Venesuelaning hukmron Birlashgan sotsialistik partiyasi raisi o‘rinbosari, Konstitutsion assambleya a’zosi Dyosdado Kabelyo bayonot berdi, deb xabar qiladi “Vesti.ru”.
“Ertalab terrorchilar Valensiyadagi Fuerte Paramakay bazasi hududiga kirdi. Bizning milliy bolivarian qurolli kuchlarimizga qarshi terakt”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Bir necha terrorchi ushlandi.
Hujum orqasida kim turgani aniqlashtirilmoqda.
Ayni paytda Valensiya shahridagi harbiy xizmatchilar guruhi prezident Maduroga qarshi chiqdi. Ularning videomurojaati OAV orqali tarqatildi. Videomurojaat muallifi kapitan Xuan Kaguaripano qonuniy isyon e’lon qilinganini bildirdi.
“Bu davlat to‘ntarishi emas. Bu konstitutsion tuzumni tiklashga qaratilgan fuqarolik va harbiylik harakatidir”, — ta’kidladi u.
Kabelyo terrorchilik harakati deb aynan shu isyonni nazarda tutgani ehtimoli bor.
Izoh (0)