Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida Shimoliy Koreyani yadroviy dasturni to‘xtatishga hamda yadroviy qurol tarqatmaslik kelishuviga qaytishga chaqirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Shimoliy Koreya rasmiylarini yadroviy dasturlarni to‘xtatib, tegishli kelishuvlarga qaytishga chaqiramiz”, — ta’kidladi u.
Rossiyaning Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga qarshi sanksion rejimni kuchaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini yoqlab ovoz berdi.
Shu bilan birga, Nebenzya Shimoliy Koreya qarshi “siyosiy bo‘g‘ish” priyomlari ishlatish noto‘g‘riligini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, KXDRga qarshi bir tomonlama cheklovlar noqonuniydir.
Izoh (0)