Dreksel universiteti xodimi Richard Makkort G‘arbiy yarim kurrada dinozavrlar davrida yo‘qolib ketgan deb hisoblangan Lychnothamnus barbatus suv o‘tini aniqladi. Bu haqda “Nauka.TV” xabar bermoqda.
“Bu biz atrofimizdagi dunyo haqida ko‘p narsa bilmasligimizni ko‘rsatadi, — qayd qilib o‘tdi Makkort. — Lychnothamnus barbatus yashab qolgani ekologiya sohasida ulkan burilish yasamaydi, lekin u bizning Shimoliy Amerika algoflorasi (o‘simliklar dunyosi) haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiradi va yangi kashfiyotlarga ilhomlantiradi”.
Suv o‘tlari namunalari Viskonsin shtatidagi 14 ko‘ldan 2012-2016-yillar orasida olingan edi. U payti olimlar tilga olingan suv o‘ti qanday ko‘rinishda ekanligini bilmas edi, negaki uning yagona nusxasi tosh shaklida saqlanib qolgan.
Lychnothamnus barbatus bu hududlar uchun juda noyob o‘t hisoblanadi. U 30 santimer balandlikka ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Shu bois olimlar negaki bu o‘t shu paytgacha aniqlanmaganidan taajjubda.