Rossiyaning Buryatiya respublikasi Kaban tumanida mintaqaviy prokuraturani oliy martabali xodimi rafiqasi bilan halok bo‘ldi. Ular to‘p orqasidan suvga kirib, cho‘kayotgan o‘smirni qutqardi, ammo o‘zlari sohilga qayta olmadi, deb xabar beradi “BMK” agentligi.
Voqea 4-avgust kuni ro‘y berdi. Bolani oxir-oqibat yaqin atrofda dam olayotgan boshqa odam qutqarib oldi.
Halok bo‘lgan erkakning ismi Aleksandr Chmelev bo‘lib, u Buryatiya prokuraturasi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘linmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimini bajargan. Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Juftlikning uch farzandi yetim qoldi.