Shavkat Mirziyoyevning 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini nishonlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq joriy yildan boshlab avgust oyining birinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan poytaxtda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati jamoasiga bayram tabrigini bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov va boshqalar istiqlol yillarida temir yo‘l transporti sohasi murakkab yo‘lni bosib o‘tganini, hududlarni ishonchli bog‘laydigan, xalqaro transport yo‘laklariga chiqish imkonini beradigan temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarining yaxlit tizimi barpo etilganini ta’kidladi.
Anjumanda Prezidentning 4-avgustdagi “Mamlakatimiz temir yo‘l sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq bir guruh temiryo‘lchilarga faxriy unvon, orden va medallar topshirildi.
Tadbirda taniqli san’atkorlar va ijrochi yoshlarning konserti namoyish etildi.
Izoh (0)