Ilgariroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashgani ma’lum qilingan edi. Uchrashuv davomida mamlakat madaniy hayotida amalga oshirilishi kutilayotgan qator o‘zgarishlar xususida so‘z yuritildi, deyiladi Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida chop etilgan xabarnomada.
Tadbirda taniqli madaniyat namoyandalari, atoqli shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san’ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san’atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboni hududida Uyushma uchun alohida bino qurilayotgani, mustaqillikning 26 yillik bayrami arafasida uni yozuvchilar ixtiyoriga topshirish mo‘ljallanayotganini ta’kidladi. Davlat rahbarining taklifiga asosan, yangi binoda “Ijod” jamoat fondi, Uyushma muassisligidagi “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatini joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda Jurnalistlar ijodiy uyushmasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini kuchaytirish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Qarorda Yozuvchilar uyushmasi yil oxiriga qadar yangi binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan uning idorasini Jurnalistlar ijodiy uyushmasiga berish ko‘zda tutiladi.
Izoh (0)