Venesuelada 2-avgust, chorshanba kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan rasmiylar va Milliy ta’sis yig‘ilishi saylanishiga qarshi ommaviy norozilik aksiyasi 3-avgust, payshanbaga ko‘chirildi. Bu haqda muxolifat yetakchisi, mamlakat parlamenti raisi o‘rinbosari Freddi Gevara ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Namoyish payshanbada, diktatorlar masxaraboz Milliy ta’sis yig‘ilishini shakllantirishni rejalashtirgan kunda bo‘lib o‘tadi”, — deya yozuv qoldirdi Gevara Twitter’dagi sahifasida.
Shu bilan birga, rasmiylar 30-iyul, yakshanba kuni saylangan Milliy ta’sis yig‘ilishi ish boshlaydigan aniq sanani hozircha ma’lum qilgani yo‘q.
Qolaversa, Venesuela muxolifati yetakchilari Leopoldo Lopes va Antonio Ledesma mamlakatdan qochishga urinishda ayblanib, hibsga olingan.