Mamlakat maxsus xizmatlari agentlari tomonidan Berlinda olib qochib ketilgan deb hisoblangan vyetnamlik biznesmen hukumatga o‘z ixtiyoriga ko‘ra taslim bo‘lganini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
23-iyul kuni PetroVietnam Construction JSC kompaniyasining sobiq top-menejeri Berlin markazida olib qochib ketilgan edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar uni mashina ichiga solib, tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Shundan so‘ng biznesmenni Xanoyda ko‘rishgan.
2-avgust kuni Vyetnamning Berlindagi elchixonasi razvedka vakili non-grata shaxs deb e’lon qilindi. Germaniya rasmiylari olib qochilgan shaxsni qaytarishni talab qildi. Ammo shu orada biznesmenning iqrori e’lon qilindi.
“Men qo‘rqoqlarcha ish tutib, yashirinishga urindim. Shu payti men haqiqatga tik boqishim, aybimni tan olishim va kechirim so‘rashim kerakligini tushundim”, — deyiladi uning bayonotida.
Vyetnam ushbu janjal ijobiy hal bo‘lishiga va Germaniya bilan iliq munosabatlar tiklanishiga umid bildirmoqda. Bu borada Vyetnam TIV rasmiy vakili Li Txi Txu Xang bayonot berdi.
Izoh (0)