Boltiqbo‘yi mamlakatlarini patrullash xizmatiga kiruvchi NATO qiruvchilari Boltiq dengizi ustida Rossiyaning uch samolyotini tutib qoldi. Bu haqda, alyans bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ispaniyaning NATO missiyasida ishtirok etayotgan ikki F-18 qiruvchisi Estoniyadagi Amari harbiy bazadan ko‘tarildi.
Rossiya samolyotlari ikkita MiG-31 qiruvchisi va An-26 transport samolyoti sifatida identifikatsiya qilindi.