GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyati filialida joriy yil birinchi yarmida Damas, Labo, Orlando rusumli 13453 avtomobil ishlab chiqarildi. O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 4729 donani tashkil etgan edi, deb xabar beradi O‘zA.
“GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyati filiali mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati tarkibida iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan korxonalardan. Filial yiliga 40 ming avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega”, — deyiladi xabarnomada.
Ayni paytda filialda 1500 kishi ish bilan ta’minlangan. Mutaxassislar Andijon, Toshkent va xorijdagi avtomobil zavodlarida bo‘lib, avtomobilsozlik sirlarini yanada puxta o‘zlashtirmoqda.
Izoh (0)