Shimoliy Irlandiyada istiqomat qiladigan, umumiy yoshi 1073 yilni tashkil qiladigan 13 aka-uka va opa-singil Daily Mail nashriga uzoq umr ko‘rish sirlari haqida gapirib berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Donelli oilasi Ginness rekordlar kitobiga shu yili kiritildi. Oiladagi eng katta akaning yoshi 93 da, eng kichkinasi esa 72 da.Ularning so‘zlariga qaraganda, otalaridan uyqudan oldin issiqroq biror narsa yeyish odati o‘tgan.
“Kechki soat o‘nlarda suli yormasi, so‘ng ertalab soat yettida nonushtaga ham shu. Suli, sut va ozgina olma qiyomi”, — hikoya qiladi aka-ukalarning kattasi Jo.
Nashrning ta’kidlashicha, suli bosimni pasaytiradi, xolesterin darajasini tushiradi, yurakni himoya qiladi hamda shakarli diabetga qarshi yaxshi profilaktika hisoblanadi.
Bundan tashqari, aka-uka Donellilar umr bo‘yi faqat tabiiy mahsulotlar — o‘z tomorqalarida o‘sgan meva-sabzavot, shuningdek, uy tuxumi bilan oziqlanganini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, ular nonni ham o‘zlari yopgan, alkogolli ichimliklarni esa juda kam ichgan.
Izoh (0)