AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan xakerlik tanlovi ishtirokchilari yarim soat ichida mamlakatda ishlatiladigan ovoz berish apparatlarini buzishga erishdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, xakerlar bir necha daqiqadayoq tizimdagi jiddiy nuqsonlarni topa olgan. Masalan, uskunalarga portlar orqali zararli kodlarni kiritish mumkinligi yoki Wi-Fi tarmog‘i himoyalanmagani, ayrimlarida Windows XP’ning eski varianti ishlatilgani qayd qilindi.
“Shubhasiz, bizning saylov tizimlarimiz unchalik yaxshi himoyalanmagan”, — deb izoh berdi bunga tanlov tashkilotchilaridan bir Jeyk Braun.
Izoh (0)