Amerikalik davlat arbobi, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton oxirgi prezident saylovida mag‘lubiyatga uchragani haqida kitob chiqarishni rejalashtirmoqda. Kitobda u saylov kampaniyasi va umuman jarayon haqidagi taassurotlarini keltiradi, deb xabar beradi “Interfaks”.
AP manbalariga ko‘ra, Klintonning “Nima bo‘ldi” (What happened) nomli kitobi o‘ziga xos ogohlantirish bo‘ladi. U, xususan, Rossiyaning saylov jarayoniga aralashuvi haqida hamda buning AQSh demokratiyasiga tahdidi haqida oshkor yozadi.
“Oldin men tushuntirishga uringan sabablarga ko‘ra jamoatchilik oldida ehtiyot bo‘lishim kerakligini his etardim, ammo endi bu to‘siqni yengib o‘tmoqdaman”, — deb izoh beradi bu xabarlarga Klinton xonimning o‘zi kitobning kirish qismida.
Kitob 12-sentabrda sotuvga chiqadi.
Izoh (0)