Chempionlar xalqaro kubogida Xosep Gvardiola va Zinedin Zidan jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Los-Anjelesdagi o‘yin “Manchester Siti”ning “Real” ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvdagi barcha gollar 2-bo‘limda kiritildi.
Chempionlar ligasining ketma-ket ikki g‘olibi hisoblangan “Qirollik klubi”ni sharmandali mag‘lubiyatdan Oskar Arnaisning oxirgi daqiqadagi goli qutqarib qoldi. Ammo madridliklar yirik hisobdan baribir qochib keta olmadi.
Bungacha har ikki klub ham “Manchester Yunayted”ga imkoniyatni boy bergandi. “Real” 1:1 hisobidagi durangidan keyingi penaltilar seriyasini boy bergan bo‘lsa, “Siti” 0:2 hisobida taslim bo‘lgandi.
Chempionlar xalqaro kubogi Los-Anjeles, AQSh 27-iyul, payshanba