Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In daydi jonivorlar boshpanasidan it boqib oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Davlat rahbari o‘zining yangi itiga Tori laqabini berdi. It duragay zotga mansubdir.
Mun Chje In jamiyat daydi jonivorlar muammosiga e’tibor qaratishi hamda ularga mehribonlik qilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Janubiy Koreya preziyentining punsang zotli 10 yashar iti bor. Shuningdek, u daydi mushukni asrab olgan.
Izoh (0)