AQSh Senati Obamacare bekor qilinishi bo‘yicha qonun loyihasi muhokamasini boshlash uchun ovoz berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ovoz berish chog‘ida kuchlar teng keldi: 50 senator muhokamani boshlashni yoqlab ovoz berdi, yana shunchasi bunga qarshi chiqdi. Biroq AQSh vitse-prezidentining Mayk Pens qo‘shimcha ovozi hammasini hal etdi.
Ovoz berish natijalari Barak Obama tashabbusi bilan qabul qilingan sog‘liqni saqlash islohotini bekor etishni va’da qilgan Donald Trampning g‘alabasi ekanligi bildirilmoqda.