Nukus shahrida o‘z fohishaxona tashkil qilgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar berdi.
Aytilishicha, Nukusda Salomat va Nodira ismli shaxslar tanishib qolgan. Yigit qiz bilan ko‘ngilochar joyda dam olish niyati borligini aytgach, qiz undan janubiy avtovokzal tomonga kelishini iltimos qilgan.
Salomat Nodiraga o‘z niyatini aytgach, qiz darhol “Janabazar” MFY hududida yashovchi qo‘shnisi, o‘z uyida fohishaxona tashkil etgan Tozagulga borib aytgan, u ham sharoit yaratib bergani uchun oldindan 5 ming so‘m pul so‘ragan.
Nodira bir marta “dam olishi” uchun Salomatdan oldindan 25 ming so‘m berishi kerakligini, 5 ming so‘mni sharoit yaratib bergan odamga, qolgan 20 ming so‘mni esa o‘ziga qolishini aytgan. Yigit aytilgan summani qizga bergan va ular birgalikda Tozagulning uyiga borgan. Ular shu yerda o‘z niyatlarini amalga oshirib bo‘lganidan so‘ng Nukus shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ikki farzandning onasi bo‘lgan Tozagul Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarchilikka tortildi.
Izoh (0)