Forbes ro‘yxatidagi milliarderlar uchun odatiy xarajatlar ro‘yxatidan yaxtalar, dang‘illama hovli-joylar, samolyotlar o‘rin olgan. Biznesmenlar kamdan-kam hollarda o‘zlari to‘plagan kapitallarni kolleksiya yig‘ishga sarflaydi. Forbes milliarderlarning eng noodatiy to‘plamlari haqida hikoya qildi.
101 yoshli Devid Rokfeller 2017-yil martida vafot etdi. U o‘zidan keyin 94 yil davomida — bolaligidan to‘plagan qo‘ng‘izlar kolleksiyasini qoldirdi. Rokfellerning o‘limidan keyin kolleksiya va uni o‘rnatish uchun 250 ming dollar pul Garvardning solishtirma zoologiya muzeyiga berildi.
Jeyms Ayrsi kolleksiyasida 170 dan ortiq gitara bor, ular orasida afsonaviy Jorj Xarrison, Elvis Presli, Prins va Bob Dilanning gitaralari bor. Biznesmen san’at bakalavri nomini olgan va o‘zi ham gitara chala oladi.
Magness Investment Group LLC investitsiya kompaniyasi raisi Geri Magness ko‘p yillar davomida mashinalarni sotib oladi. Uning avtomobillari soni 40 tadan oshib ketgach, u avtosalon ochishga qaror qildi.
Milliarder Bryus Xoll avtomobil shinalari reklamasi aks etgan vintaj posterlarni 1980-yillar boshidan yig‘gan. Hozir uning kolleksiyasidagi plakatlar 400 dan oshadi, ularning eng eskisi XIX asr oxirida yaratilgan.
Alan Kasdenning kolleksiyasida 1500 ta qadimiy yahudiy tangalari bor, ularning narxi 40 million dollarga baholanmoqda. Biznesmen kolleksiyasidagi eng qadimiy tanga eramizning I—II asrlariga taalluqli.
Dunyodagi eng qimmatli marka kolleksiyalaridan biri milliarder Bill Grossga tegishli. U marka yig‘ishni onasining maslahati bilan 20 yil avval boshlagan.
Izoh (0)