Iroq mamlakat hayotida Rossiya siyosiy va harbiy jihatdan ishtirok etishini xohlar edi. Bu haqda Iroq bosh vazirining o‘rinbosari Nuri al-Malikiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Ma’lumki, Rossiya tarixan Iroq bilan mustahkam aloqalarga ega, shu bois biz Rossiya mamlakatimizda siyosiy va harbiy jihatdan bo‘lishini istar edik”, — dedi u Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra bergan matbuot anjumanida.
Uning fikricha, shu yo‘l bilan mintaqada muvozanat saqlanishi mumkin:
“Shu tariqa yaratiladigan muvozanat mintaqa, uning xalqlari va mamlakatlari farovonligiga xizmat qilgan bo‘lar edi”.
Izoh (0)