Vyetnam futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Unda qit’aning 14 mamlakati chempionlari Osiyo g‘olibi bo‘lish uchun raqobatga kirgan.
Osiyo chempionatiga O‘zbekiston chempioni sifatida qatorasiga ikkinchi bor “Olmaliq” futzalchilari yo‘l oldi. Bugun — 23-iyul kuni olmaliqliklar musobaqadagi birinchi o‘yinida zalga chiqib, Livan chempioni “Bank Beyrut” klubiga imkoniyatni boy berdi.
“Olmaliq” joy olgan “D” guruhida, shuningdek, Tailandning “Chonburi Blyuveyv” klubi ham bor. Livanliklar ilk turda tay chempioniga 0:9 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 25-iyul kuni “Olmaliq” 2-o‘rin uchun “Chonburi Blyuveyv”ga qarshi zalga chiqadi.
Osiyo chempionati “D” guruhi. 1-tur 21-iyul, juma
“Bank Beyrut” — “Chonburi Blyuveyv” 0:9
2-tur 23-iyul, yakshanba“Bank Beyrut” — “Olmaliq” 8:3
2-tur 25-iyul, seshanba“Olmaliq” — “Chonburi Blyuveyv”
Osiyo chempionati haqida
“Championat.asia” nashri futzal bo‘yicha 2010-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati borasida bir qator ma’lumotlarni chop etdi.Vyetnamdagi turnir hisob bo‘yicha sakkizinchisi, deb yozilgan xabarda. Bunga qadar o‘tgan yetti turnirning 3 tasida Yaponiyaning “Nagoya Oushens” klubi bosh sovringa ega chiqqan. Shuningdek, Eronning turli yillardagi uch chempioni — “Giti Pasand”, “Fulad Mahan” hamda “Tasisat Daryoiy” bir martadan g‘olib bo‘lgan. Bugun “Olmaliq”ni mag‘lub etgan Tailandning “Chonburi Blyuveyv” klubi 2013-yil chempionlikni nishonlagan.
Aleksandr Petrov boshchilik qilayotgan “Olmaliq” Osiyo chempionatida ikkinchi bor ishtirok etmoqda. 2016-yil klub guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tib, chorak finalga yo‘l olgandi. Mana shu bosqichda Tailand chempioni “Chonburi Blyuveyv” olmaliqliklarni turnirdan chiqarib yubordi.
O‘zbekiston sharafini eng munosib himoya qilgan jamoa “Ardus” hisoblanadi. 2012-yil Toshkent jamoasi finalga qadar yetib borgan bo‘lib, hal qiluvchi o‘yinda forslarning “Giti Pasand” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Izoh (0)