Italiyada joylashgan Chivita shahri uzoqdan osmonda osilib turgan ertaklardagi saroyga o‘xshaydi. Bugungi kunda Chivitada atigi 10 kishi yashaydi, shahar meri esa barcha xohlovchilarga uyini ijaraga beradi. National Geographic shu shaharga e’tibor qaratdi.
XX asrning boshida yozuvchi Bonaventura Tekki Chivitani “o‘layotgan shahar” deb nomlagan edi. Shundan buyon bu nom shaharning nomi sifatida muhrlarnib qolgan. Barchasiga tabiiy jarayonlar sababchi bo‘lgan. Qadimiy Chivita mo‘rt tog‘ jinsidan iborat qoya ustida joylashgan. Qoya ostida esa qum qatlami joylashgan.
Shamol va yomg‘irlar yillar davomida mustahkam bo‘lmagan grunt qatlamini yemirib, eroziyani yuzaga keltirgan. XIX asr o‘rtasidan boshlab shahar 25 metrga pasaygan va bu jarayon davom etmoqda. Odamlar XVI asrdan boshlab Chivitani tark eta boshlagan. O‘shanda dastlabki ko‘chkilar qoya chetidagi uylarni vayron qilgan. Hozirgi vaqtda shaharda atigi 10 kishi qolgan. Eroziyani to‘xtatish maqsadida qoyalar ichida 16 metr chuqurlikda yettita tunnel qazilgan va ular mustahkam kanat arqonlari yordamida birlashtirilgan.
Chivita mer o‘z uyini Airbnb xizmati orqali ijaraga beradigan yagoba shahar hisoblanadi.
Izoh (0)