18 yoshli futbol yulduzi Kilian Mbappe sotilishi mumkin bo‘lgan narx Fransiyaning “Monako” klubi tomonidan e’lon qilindi — 190 million yevro.
Bu futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lib yozilishi mumkin. “Monako”ning eshigini tinmay taqillatayotgan klublar bungacha 3 ta edi: “Manchester Siti”, “PSJ” hamda “Real”. Keltirilgan narxga ularning qaysi biri rozi bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
Hozircha Madridning “Real” klubi nima qilib bo‘lsa-da otni qamchilab qolish niyatida. Ular 190 millionni biroz kamaytirish uchun, Karim Benzemani Fransiyaga qaytarishgada tayyor. Bu transfer masalasida tomonlar kelishishga harakat qilib ko‘radi.