Rossiya prezidenti Vladimir Putin bolalar bilan suhbat chog‘ida razvedka maktabida Platov taxallusidan foydalanginini aytdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Niklarga kelsak, bular taxallus-ku. Bilasizki, men faoliyatimni tashqi razvedka organlarida boshlagan edim, u yerda men zarurat yuzasidan ba’zan texnologik taxalluslardan foydalanar edim. Razvedka maktabida o‘qiganimda taxallusim Platov edi”, — ta’kidladi davlat rahbari.
Prezident, shuningdek, bolalarning o‘ziga qanday nik tanlashi haqidagi savoliga javob berarkan, hozir unga nisbatan taxalluslarning qo‘llanilishi bema’nilik ekanligini ta’kidladi:
“Albatta, o‘zimga hech qanday nik tanlamagan bo‘lardim, o‘z ismim bilan qolardim. Bu odatiy holat, turli taxalluslar ortida bekinish nimaga kerak?”.
Izoh (0)