“O‘ztreyd” kompaniyasi Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida o‘zbek-afg‘on savdo uyini ochadi. Tashkiliy masalalar 20-iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvida muhokama qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Aytilishicha, savdo uyi O‘zbekiston eksporti hajmini oshirish va Afg‘oniston bozorida uning o‘rnini mustahkamlash uchun zarur.
Savdo uyida doimiy ishlovchi shourum tashkil etiladi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etiladi. Ular orasida — qandolatchilik mahsulotlari, pasta, tabiiy mevalardan tayyorlangan jemlar, sharbatlar, suv, ichimliklar, go‘sht va konserva mahsulotlari, maishiy kimyo, qurilish materiallari, maishiy texnika, gilamlar va boshqalar.
Izoh (0)