Britaniyaning Purpe provayderi odamlar Wi-Fi foydalanuvchi shartnomasini o‘qimasligi borasida aksiya o‘tkazdi. Ikki hafta davomida 22 ming odam hojatxonalar tozalash bo‘yicha 1000 soatlik hajmdagi ishlarga o‘z xohishi bilan yozilib qo‘ygan. Aksiyaga Mashable nashri e’tibor qaratdi, deb xabar berdi “Daily Afisha”.

Foto: Trend

Provayder foydalanuvchilar Wi-Fi’dan foydalanishlaridan oldin qabul qilishlari kerak bo‘lgan shartga jamoat ishlarida ishtirok etish bandini ham qo‘shib qo‘ydi. U o‘z ichiga bog‘larni itlar chiqindisidan tozalash, boshpanasiz hayvonlarni qaramog‘iga olish, jamoat hojatxonalarini tozalash, shilliqurtlarni bo‘yash hamda asfaltga yopishgan saqichlarni ko‘chirib chiqish kabi bandlarni olgan.

Ikki hafta ichida faqatgina bitta odam bemani takliflarni sezib qolgan. Purple e’tiborsiz foydalanuvchilar o‘zlari rozi bo‘lib belgilagan ishlariga majburlab jalb qilinmasligini ma’lum qildi.

Provayder bu bilan ma’lumotlarni himoya qilish qonuniga odamlar e’tiborini jalb etmoqchi bo‘lgan. Yangi qonunga ko‘ra kompaniyalar ma’lumotlardan foydalanish shaffofligini oshirishlari, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor turishlari lozimligi belgilangan. U 2018-yilning may oyidan boshlab Yevropa ittifoqida amalga kiradi.