O‘zbekistonda takt chastotasi 1,3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MT6580 protsessori bazasiga qurilgan, 1 Gb tezkor xotirali LG K7 (X210) smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Foto: NDTV Gadgets

Qurilma K8 va K10 modellari kabi Janubiy Koreya kompaniyasining “K” seriyasidagi smartfonlari qatorini to‘ldirdi. Telefon hozirgi vaqtdagi o‘rtacha texnik xususiyatlarga ega.

Yangi smartfon, shuningdek, 5 dyuymli va 854×480 pikselli suyuq kristalli displey, 8 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.

LG K7 Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi. Telefon 2150 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan.

Toshkent bozirda LG K7 1,2 million so‘mga taklif qilinmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.