Rossiya davlat dumasi Qirg‘iziston fuqarolariga, shuningdek, boshqa rus tili rasmiy til sifatida belgilangan mamlakat fuqarosi bo‘lgan professional haydovchilarga Rossiya hududida o‘zlarining milliy haydovchilik guvohnomasi bilan ishlashni ruxsat etuvchi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Yo‘l transport harakati xavfsizligi to‘g‘risida”dagi qonunga hamda Rossiyaning ma’muriy huquqbuzarlik kodeksiga o‘zgartirish kiritiladi.

Yangi qonun “Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek, rus tili rasman davlat tili deb belgilangan boshqa mamlakat fuqarolari Rossiya hududida transport vositalarini boshqarish bilan bevosita bog‘liq mehnat faoliyatini amalga oshirishlarida xalqaro yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalanish imkonini beradi”.

Qirg‘iziston Respublikasi konstitutsiyasida rus tili rasman davlat tili sifatida belgilangan.