Rigadagi yaxtada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi jabrlandi

Latviya poytaxti Rigada yaxta-katamaranning machtasi yuqori kuchlanishga ega elektr simiga tegib ketishi oqibatida yonib ketgan. Davlat yong‘in-qutqaruv xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, noxush hodisa qirg‘oqdan 200 metr narida sodir bo‘lgan. Bu haqda Delfi’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Yong‘in oqibatida 12 kishi, jumladan, yetti nafar bola jarohat olgan. Ularning barchasi jiddiy kuyish bilan shifoxonaga yetkazilgan. Voqea joyida shifokorlarning to‘qqizta brigadasi ishlagan.

Katamaran yong‘in sababli cho‘kib ketgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing