Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi, deb yozdi O‘FF rasmiy sayti.
Avvalroq yig‘inga 20 nafar futbolchi jalb etilgani aytilib, ularning nomlari ko‘rsatib o‘tilgandi. Yig‘inda terma asosini tashkil qiladigan legioner futbolchilar ishtirok etmaydi. Chunki mashg‘ulotlar FIFA kunlarini chetlab o‘tgan.
Shuningdek, Marat Bikmayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Jamshid Iskanderov, Rustam Ashurmatov, Doston Hamdamov kabi futbolchilar jarohati sabab tarkibdan tushib qolgan. Aziz G‘aniyev, Javohir Siddiqov va Odil Hamrobekov esa 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralashi uchun Ravshan Haydarov ixtiyoriga yuborilgan.
Yig‘in borasida Uff.uz nashri savollariga javob qaytargan bosh murabbiy Samvel Babayan jamoadagi ahvolni to‘g‘ri tushungan va unga yordam bergan hammaga rahmat aytdi.
O‘zbekiston termasi oldiga qo‘yilgan vazifaga to‘g‘ri munosabatda bo‘lgan va futbolchilarni ortiqcha to‘siqsiz doim terma ixtiyoriga qo‘yib yuborayotgan klublar bosh murabbiyi va rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.Yig‘in aslida Avstriyada tashkil etilishi kerak edi. Ammo unga bir hafta qolganida murabbiylar shtabining fikri o‘zgardi. Bunga aniq sabab ko‘rsatib o‘tilmadi. Avvalroq ham Turkiya va Avstriya yig‘inlari tashkil qilingan bo‘lsa-da, ular Suriya va Eronga qarshi rasmiy o‘yinlarda hech qanday rol o‘ynay olmagan va O‘zbekiston asosiy o‘yinlarda raqiblariga imkoniyatni boy bergandi.Shuningdek, bizni har qanaqasiga qo‘llab-quvvatlagan muxlislar va jurnalistlarga ham rahmat. Hozir hammaning to‘g‘ri munosabati va xayrixohligi biz uchun har doimgidan ham zarurroq. Faqat shundagina O‘zbekiston terma jamoasi oldiga qo‘yilgan vazifani bajara olamiz.
Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Samvel Babayan Turkiyaga qanday futbolchilar yo‘l olgani borasidagi savolga shunday javob qaytardi:
Biz O‘zbekiston chempionati 1-davrasida o‘zini ko‘rsata olgan futbolchilarni termaga jalb qildik. Bu bilan eng yaqin zaxira kuchlarini batafsil o‘rganib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.2 ta o‘rtoqlik o‘yini kimlarga qarshi bo‘lib o‘tishi oshkor qilinmagan. Turkiyadagi yig‘in 23-iyulga qadar davom etadi.Ushbu yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar orasida katta ehtimol bilan saralashning so‘nggi ikki muhim o‘yinida maydonga tushadiganlar bor. Futbolchilar terma jamoa muhitini his qilib ko‘rishlari biz uchun juda muhim. Yig‘in davomida ikkita o‘yindan tashqari futbolchilarni ko‘plab nazariy materiallar bilan tanishtirib boramiz. Maqsad — O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarida ilgari suriladigan taktik talablarni yana bir bor ularning yodiga solish.
Samvel Babayan, O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi
Izoh (0)