SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Gubernatorlar milliy uyushmasi uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, “sun’iy aql insoniyat sivilizatsiya sifatida to‘qnash keladigan asosiy xavf” ekanligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Mask ishlab chiquvchilar yanada ilg‘or texnologiyalar ortidan quvib, sun’iy aql keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavflarni unutib qo‘yishidan cho‘chimoqda.

“Robotlar soxta yangiliklar va press-relizlarni tarqatish, elektron pochta hisoblarini qalbakilashtirish va axborotni manipulyatsiya qilish orqali urush boshlashi mumkin. Qalam qilichdan o‘tkir”, — dedi u.

SpaceX va Tesla rahbari eng ilg‘or sun’iy aqldan foydalanish imkoniyati borligini aytib, shu tufayli uning so‘zlariga ishonishga chaqirdi.

Uning fikricha, bu sohada davlat nazorati zarur, u kompaniyalarni yanada mukammal sun’iy aql ortidan quvishdan tiyib turadi.