O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari hisoblangan Sardor Rashidov va Eldor Shomurodov mavsumni yangi klublarda boshlaydi. Rashidov Amirliklarning “Al-Jazira” klubi bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Shomurodov Rossiyaning “Rostov”i bilan kelishuvga erishgandi.

Foto: “Rostov”

Sardorning BAA chempioni bilan shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan. Kecha — 16-iyul kuni “Al-Jazira” buni rasman e’lon qildi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosini klubning yangi futbolchisi sifatida tanishtirdi.

Foto: “Al-Jazira”

“Rostov” klubi rasmiy sayti esa Eldor Shomurodovning transferini tasdiqladi. Jamoa rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, hujumchi rostovliklar bilan 4 yillik kelishuvga erishgan va klubida 14-raqam ostida harakat qiladi.

Foto: “Rostov”

“Rostov”da yana bir qator futbolchilar paydo bo‘lgan ersa-da, jamoa rasmiy sayti aynan Shomurodovning tashrifini muxlislar uchun kutilmagan sovg‘a deb atadi.