Afg‘oniston prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar va Infratuzilmalar, texnologiyalar va kadrlar resurslari bo‘yicha katta maslahatchisi Muhammad Humoyun Qayumiy boshchiligidagi delegatsiyalar 19-iyul kuni Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan keladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston—Afg‘oniston kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish o‘rin olgan.