Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tgan yilning 15-iyul kuni ro‘y bergan muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishga bag‘ishlangan marosimda qilgan chiqishida uni hokimiyatdan mahrum qilmoqchi bo‘lgan “xoin”larning kallasini olishga va’da berdi. Bu haqda “RBK” xabar qilmoqda.
“Birinchi navbatda biz bu xoinlarning kallasini olamiz”, — dedi Erdo‘g‘on, o‘tgan yilgi isyonchilarni nazarda tutar ekan.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga qaraganda, Istanbulda uning nutqini eshitish uchun to‘planganlar uning so‘zlarini olqish bilan qarshi oldi. Xususan, olomon orasida o‘lim jazosini tiklash haqidagi hayqiriqlar eshitildi.
Erdo‘g‘on, o‘z navbatida, o‘lim jazosini tiklash uchun parlament qabul qiladigan har qanaqa qonun loyihasini imzolashga tayyorligini bildirdi.