Toshkentda 13-iyul kuni yuz bergan YTHlar oqibatida uch kishi jabrlandi

Toshkent shahrida 13-iyul kuni uchta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Toshkent shahar IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur YTHlar oqibatida uch kishi tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q.

13-iyul kuni yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 2 986 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shulardan 943 tasini qo‘pol turdagi huquqbuzarliklar, 33 tasini esa mast holda transport vositasini boshqarish holatlari tashkil etadi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 13-iyul kuni jami 776 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 482 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 294 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing