Samsung kompaniyasi Twitter’dagi Samsung Exynos rasmiy sahifasida hali e’lon qilinmagan smartfon suratini joylashtirdi.

Foto: Twitter/SamsungExynos

Forbes nashriga ko‘ra, mazkur post atayin uyushtirilgan va unda yangi Galaxy Note8 tasvirlangan. Kompaniya bu haqdagi savollardan o‘zini olib qochmoqda, biroq fotolarni olib tashlagani yo‘q.

Tasvirdagi smartfon displeyi shakli sotuvga chiqqan Samsung Galaxy S8 qurilmasidan farq qiladi, datchiklar va so‘zlashuv dinamiki ham boshqacha joylashgan. U 6,3 dyuymli displey, ikkita kamera, Exynos 8895 protsessori va 6 gigabayt tezkor xotiraga ega.

Smartfon taqdimoti 23-avgustda bo‘lib o‘tishi, sotuvi esa sentabrdan boshlanishi kutilmoqda.