Odilxon Rustamov Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. 2016-yildan yaqin paytgacha u “O‘zbekoziqovqatxolding”ga rahbarlik qilib kelayotgan edi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Odilxon Rustamov (1968-yili tug‘ilgan) Toshkent davlat texnika universitetini bitirgan. 1993-yildan soliq organlari tizimida ishlagan. 2001–2005-yillarda Chilonzor va Uchtepa tumanlari soliq inspeksiyalariga rahbarlik qilgan.
2005–2009-yillarda Toshkent soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Xorazm va Jizzax viloyatlari soliq boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2009–2016yillarda O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.
Izoh (0)