Korpus-Kristi shahrida (Texas shtati) bankomatlarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi apparatlardan birida tiqilib qoldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Erkak bankomat orqasida joylashgan texnik xonadagi nuqsonlarni barataraf qilish uchun chaqirilgan edi. U ishlayotgan paytda xona eshigi yopilib qoldi, va erkak kichik hududda qisilib qoldi. Jabrlanuvchi magnit kartasi va telefonini avtomobilda unutib qoldirgan edi.
Ishchi baqirishiga qaramay, uni hech kim eshitmadi. U pul yechayotgan odamlarga chek bilan birga yordam iltimosi aks etgan xatlarni ham berib borishga qaror qildi.
“Iltimos, yordam bering. Men ichkaridaman, telefonim yo‘q. Iltimos, ***-***-*** raqamiga qo‘ng‘iroq qiling”, — deyilgan edi xatda.
Ammo Korpus-Kristi istiqomatchilari bankomat oldiga kelarkan, buni hazil deb o‘yladi va unga yordam bermadi.
Bir necha soatdan so‘ng xatni topib olgan erkak shu atrofdan o‘tib ketayotgan politsiya patruliga murojaat qilib, vaziyatni tushuntirdi. Politsiyachilar ham boshida buni hazil deb o‘yladi, ammo baribir bankomatni tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Ular xatda ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qildi, kompaniya vakillari ishchi bankomatga xizmat ko‘rsatish uchun chaqirilganini tasdiqladi. Politsiyachilar xona eshigini buzib, jabrdiydani ozod qildi.
Politsiyachilardan birining aytishicha, bunday holat ilgari ham kuzatilgan, ammo oldingi jabrlanuvchilarning yonida telefonlari bo‘lgan.