“Gazeta.ru” Forbes reytingi bo‘yicha eng ko‘p maosh oladigan AQSh televideniyesi aktrisalari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Sofiya Vergara
Birinchi bor “Amerikaliklar oilasi” serialida Gloriya Delgado-Pritchett ro‘lini ijro etgan aktrisa 2012-yildan beri Forbes reytingida birinchilikni tark etgani yo‘q. 2016-yilda uning daromadi 43 million dollarni tashkil etgan.Keyli Kuoko
Asli kaliforniyalik bo‘lgan Keyli “Ulkan portlash nazariyasi” shousida 10 yildan beri suratga tushadi va bu vaqt davomida u AQShda eng ko‘p maosh oladigan teleaktrisalardan biriga aylandi. Hozirda u birgina epizod uchun 1 million dollar oladi, o‘tgan yildagi daromadi esa 24,5 million dollarni tashkil etgan.Mindi Kaling
“Ofis” serialining yulduzi Mindi Kaling 2016-yilda 15 million dollar ishlab topgan. 2012-yilda 38 yoshli aktrisaning o‘zi prodyuserlik qilgan “Mindi Loyihasi” seriali unga yaxshigina daromad keltirgan.Marishka Xargitey
Law & Order: Special Victims Unit serialining 53 yoshli yulduzi Marishka ko‘plab mukofotlar, jumladan, “Emmi” va “Oltin globus” sohibasi sanaladi. Uning 2016-yildagi daromadi 14,5 million dollarni tashkil etgan.Ellen Pompeo
Keyingi pog‘onani ham yiliga 14,5 million dollar daromad bilan Grey's Anatomy seriali aktrisasi Ellen Pompeo egalladi. Ellen 2005-yilda beri jarroh Meredit Grey rolini o‘ynab keladi. Shu roli orqali u 2009-yildan beri Forbes jurnalida barqaror o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.Kerri Vashington
Scandal seriali yulduzining o‘tgan yildagi daromadi 13,5 million dollarni tashkil etdi. Asli bronkslik bo‘lgan, Jorj Vashington universiteti bitiruvchisi 40 yoshli Kerri o‘zining kinodagi jiddiy ishlari bilan maqtansa arziydi. U Ray, Mr. & Mrs. Smith, Fantastic Four, Django Unchained filmlaridagi rollari bilan tanilgan.Stana Katich
Castle serialidagi izquvar Keyt Bekket roli (2009—2016-yillarda ekranga uzatilgan) 39 yoshli aktrisaga 12 million dollar daromad bilan reytingdan o‘rin olish imkonini yaratib berdi. Suratga olish ishlari yakunlangach Stana “Amneziya” serialida yana izquvar rolini ijro etmoqda.
Izoh (0)